MURAKKAB IRRATSIONAL SONLARNI KUB ILDIZDAN CHIQARISH HAQIDA

  Robiyaxon Soliyeva (Фергана, Узбекистан) |    Скачать статью

Ma`lumki, sonlar nazaryasiga oid turli-tuman formulalar va qiziqarli munosabatlar juda olis zamonlardan buyon matematika fani muxlislarining diqqatini o`ziga tortib kelgan. Bu mavzudagi masalalar bilan qadimgi yunon olimlari ham, sharq matematiklari ham faol shug`ullangan. Masalan, italiyalik olim Leonardo Fibonachchi, mashxur fransuz matematigi Piyer Ferma, buyuk matematiklardan Leonardo Ferma, Karl Frederix Gaussning bu boradagi izlanishlari yaxshi ma`lum. Buni mazkur soxada ming-minglab professional va havaskor matematiklar tadqiqot olib borganiga qaramay, jajji bo`lsada, yangi ixtirolar imkoniyati hali ko`p ekan. Bu maqola ana shunday topilmalardan biriga bag`ishlanadi. Qayd etish joizki, xozirgi kunda abityurentlar yuqori darajali ildizlarni o`rganishga birmuncha qiynalishadi. Jumladan, ushbu maqolada sonli ifodalarni kub ildizdan chiqarish muammosini qaraylik.