YAPON KIPARISI YILLIK HALQALARINING STATISTIK TAHLILI

  M. Dadaxanova (Namangan davlat universiteti) |    Завантажити статтю

Geografiyada u yoki bu geografik – tabiiy va iqtisodiy ko`rsatkichining o`zgarishidagi tendentsiyani o`rganish shu ko`rsatkichning xronologik grafigini tuzish asosida amalgam oshiriladi. Ko`p hollarda, masalan, iqlimshunoslikda iliq va sovuq, kamyog`in va seryog`in, gidrologiyada daryolarda sersuvli va kamsuvli davrlarni aniqlash, bu davrlarning uzunligi va shiddati bo`yicha taqsimotini tadqiq etish uchun xronologik grafikdan foydalaniladi.