QUYONLARNI OZIQLANTIRISHDA MINERAL MODDALARNING AHAMIYATI

  G`afforova Klara Alisherovna magistr (SamDU O`zbekiston) |    Завантажити статтю

Bugungi kunda quyonchilik tarmogʻi dunyo iqtisodiyoti va isteʼmolida muhim oʻrinlardan birini egallagan. Shu jumladan, chorvachilikda goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan bir qatorda quyon goʻshti yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zero, quyonchilik sardaromad sohalardan boʻlib, xususan goʻshti esa parhezbop hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga koʻra, quyonning goʻshti va terisi, shuningdek, uning yogʻi ham ekologik toza mahsulot boʻlib, kosmetologiyada turli kremlarni tayyorlashda foydalansa boʻladi. Umuman olganda, quyonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, uning terisi va moʻynasini sanoat usulida qayta ishlab, eskportga yoʻnaltirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlar uchun moʻmay daromad sanaladi. Quyonni etarli darajada oziqlantirish bilan to'g'ri ta'minlash uchun, bunday hayvonning ovqat hazm qilish xususiyatlariga ega ekanligini unutmaslik kerak [2, 3].