Ko’pchilik olim va faylasuflar, pedagog va psixologlarning aqidalaricha, o’smir-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi borasida, ularning o’qish, yozish, sanash, eshitish, gapirish va hamdardlik qilish kabi qobiliyatlarni o’rganishda maktabning boshlang’ich sinflaridagi jarayon muhim o’rin tutadi. Bolalarning maktabga borishlari va boshlang’ich sinflaridan umumta’lim bosqichiga o’tishlarida eng kamida quyidagi ikkita muammo yuzaga keladi: 1) Ta’limning usul va mazmuni o’zgarishi bu - davomotning pasayishi va bolalarda psixologik muammolarning ko’payishiga olib keladi. 2) O’qishga bolgan tayyorgarlik darajasining nisbatan yangi va murakkabroq saviyada pastroq ekanligi.
MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Foziljon Shukurov, Yaxshigul Jumayeva, Lola Akramova (Самарканд, Узбекистан) | Завантажити статтю