TOPISHMOQ – QOBILIYATNI SHAKLLANTIRUVCHI XALQ OG’ZAKI IJODI

  Ёркиной Хамраева, Муниса Нарзиева (Карши, Узбекистан) |    Завантажити статтю

Topishmoq nimaligini barcha yosh-u qari biladi. Umri davomida topishmoq eshitmagan inson bo’lmasa kerak. Kishi o’z topqirlik zehnini, qobiliyatini charxlash maqsadida bir-biri bilan o’zaro topishmoq aytish o’ynaydi. Hamma ham o’z qobiliyatini ishga solib, uni javobini topishga kirishadi. Topishmoq uzoq davrlar mobaynida yuzaga kelgan, shakllanib bizga yetib kelgandir. Ammo bizgacha davrlar osha ularda shakliy o’zgarishlar kuzatiladi. Xalq o’z tiliga moslab, xoslab shu davrgacha tildan tilga yetkazgan. O’zbek xalqi orasida ham topishmoq asrlar osha zarhallanib borgan.