UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA BIOLOGIYA FANLARINI O’QITISH VA EKOLOGIK TA’LIM-TARBIYA MASALALARIGA OID MULOHAZALAR

  Baxritdin Bozorov (SamDU, Uzbekistan) |    Завантажити статтю

Biologiya fanlari o’zining tuzilishi va tarkibi xamda o’quvchilarni diqqat va e’tiborlarini o’ziga qarata olishi jihatidan fanlar tizimida o’ziga xos yetakchi o’rinni egallaydi. Chunki, bu fanlarni o’qitishda va ayniqsa, ekologik bilimlar berishda o’qituvchi juda ko’plab tabiiy-ilmiy misollardan foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda ko’plab malakatlarda akademik lisey va kasb xunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi eng dolzarb masalalardan bo’lib turibdi. Shu bois, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishda va ularda ekologik madaniyatni shakllantirishda biologik fanlarning o’rni muhimdir [1]. Buning uchun avvalo o’quvchilarda tabiiy fanlarga nisbatan qiziqish uyg’ota olish metodikasini tatbiq qilish muhimdir. Masalan, bugungi kunda Samarqand davlat universiteti, Tabiiy fanlar fakultetining barcha bo’limlarida o’rta maxsus ta’lim dargohlari bilan uzviy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Fakultetda ko’pchilikka ma’lum bo’lgan O`rta Osiyoda ham yagona hisoblanadigan «Zoologiya muzeyi» va jahon standartlari asosida qayta qurilgan «Issiqxona» faoliyat ko’rsatmoqda [2].