MEHNAT ТA’LIMI DARSLARINI O’QITISHDA TEXNOLOGIK YONDOSHUV

  Алишер Очилов (Карши, Узбекистан) |    Завантажити статтю

Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo ‘‘texnologiya’’ so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. ‘‘Texnologiya’’ so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni ‘‘texno’’- hunar yoki san’at, ‘‘logos’’- fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida ‘‘Mehnat ta’limi’’ o’quv predmetini ‘‘Texnologiya’’ yoki ‘‘Texnologik ta’lim’’ dev yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman.