Bugungi kun jamiyat hayotini,tamaddunini ayollarning maqeyi va o’rnisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Zero, jamiyat taraqqiyoti ayol-onalarning ma’naviy qudrati bilan belgilanadi. Yurtboshimiz Islom Karimov ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarlarida ayol-onaning baxti – jamiyat baxti ekanligini bot-bot takrorlaydilar. Shunday ekan, ayollarimiz ma’naviy salohiyat bobida o’tmish obidalaridan qancha o’rnak olsa kamdek,nazarimizda. Zero,“Ayollarning niyati xolis,yuragi,qalbi toza. Chindan ham eng ko’p mehnat qiladigan, oilani eng sevadigan,oilani haqiqiy oila, erkaklarni erkak qiladigan ham ayollarimizdir”.