NEMISSHE’RIYATIDA “KONKRETEPOESIE” YO’NALISHININGO’ZIGAXOSXUSUSIYATLARI

  Hafiza Kuchkarova (Tashkent, Uzbekistan)  |    Завантажити статтю

Dunyo adabiyotiga Gyote, Shiller, Hayne, Rilke singari buyuk shoirlarni tuhfa etgan nemis she’riyati gulshanining bugungi kuni ham o’ziga xosdir. ХХ asr boshlarida nemis she’riyatida turli yo’nalishlar paydo bo’ldi. Nemis millatiga xos bo’lgan aniqlik endi ularning she’riyatiga ham ko’cha boshladi.„Konkrete Poesie“ (“Aniqlik she’riyati”) yo’nalishi vatani garchi Amerika bo’lsada, u Germaniyada yuksaldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.Nemislar bu kabi g’ayrioddiy uslubni o’zlariga xoslik bilan o’zlashtirib oldilar. Natijada bu kabi badiiy oqimlar boshqa davlatlar, xususan Osiyo davlatlarida go’yo nemis millatiga mansubdek tuyulib qoldi. Chunki aynan aniqlik tushunchasi faqat shu millat xarakteriga o’ta mosdir.