Har bir yosh davrida hayotni aqlga asoslanib, ongli tarzda yo’lga qo’yish insonning yoshga xos xususiyatlari va u ayni damda egallab turgan hayotiy vaziyatining o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda istiqbol tamoyilini majburiy amalga oshirishni talab qiladi. Taraqqiy etgan istiqbolning mavjud emasligi ruhiy inqiroz, jismoniy va axloqiy tanazzulga olib keluvchi, impulsiv hayotiy qarorlarni qabul qilishning dastlabki shartidir. Istiqbol tamoyilini amalga oshirish inson hayotini yo’lga qo’yishda hayotiy maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini xarakterlovchi aniqlik tamoyiliga qanchalik darajada rioya qilishiga asoslanadi. Aniqlik-maqsadlarni amalga oshirishning aniq dasturi sifatida hayotiy rejalarning mavjudligidir.
SHAXSDA HAYOTDAN QONIQQANLIK HAYOTIY STRATEGIYALARNI BELGILOVCHI MEXANIZM SIFATIDA
D.B.Norqo’ziev (Toshkent, O’zbekiston) | Завантажити статтю