YAPON ORDENLARI TARIXIDAN

  Жавохир Бўронов (Гулистан, Узбекистан) |    Завантажити статтю

Qadimdan davlat oldida alohida xizmat ko’rsatgan shaxslar hukmdorlar tomonidan maxsus taqdirlanib kelingan. Moddiy ko’rinishdagi mukofotlash, asosan pul yoki yer-mulk, g’arbda feod, sharqda suyurg’ol, jogir shaklida bo’lgan. Antik davrdan boshlab yuksak xizmatlari uchun turli shakldagi nishonlar berila boshlanib, o’rta asrlarda Yevropadagi diniy-ritsarlar ordenlari paydo bo’lgach, maxsus ordenlar tizimining shakllanishi boshlandi. Keyinroq ordenlar tizimi davlatlarning ichki va tashqi siyosat, xalq tarixi va ma’naviyatida muhim o’rin tuta boshladi. Fuqorolarni orden va medallar bilan taqdirlanishi, bu ko’p yillik davlat va jamiyat oldidagi xizmatlar, turli sohadagi yutuqlarni baholanishi bo’lib xizmat qilgan. Ordenlar o’z nufuzi bilan Yaponiya tarixida ham muhim o’rin tutadi.