NOYOB YER ELEMENTLARI BILAN LEGIRLANGAN KREMNIYNING ELEKTROFIZIK XOSSALARI

  Alisher Soliyev, Shohruh Nazarov, Umidjon Abdullayev (Namangan, O’zbekiston) |    Завантажити статтю

Noyob yer elementlari vakillari gadoliniy va samariy akseptor kirishmalar sifatida birinchi marta [1-4] ishlarda o’rganilgan. Kremniyga o’stirish jarayonida kiritilgan ittriy sayoz donor sath hosil qilishi aniqlangan. Kremniyni gadoliniy bilan legirlash esa, akseptor tabiatli markazlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. 0,03 dan 1,8 massa foizlarida kiritilgan golmiy elementi namunaning o’tkazuvchanlik turini o’zgarishiga olib kelishi, ammo u kremniydagi kovaklar konsentratsiyasini o’zgartirmasligi Xoll effekti va elektr o’tkazuvchanlik metodlari yordamida aniqlangan. Ushbu holda golmiy bilan bog’liq yangi akseptor chuqur sath Ev+0,35 eV paydo bo’lishi kuzatilgan.