YO’L QURILISH MASHINALARINI ISHLASH QOBILIYATINI USHLAB TURISH VA QAYTA TIKLASH

  A.Sh.Nasriddinov, J.A.Mannonov, D.S.Shodmonov (Namangan, O’zbekiston) |    Завантажити статтю

Mashinalarni chiniqtirish davrida buzilishlar oqimi parametri qiymati bilinmas kamayadi, so’ngra o’sib boradi. Kafolatli ekspluatatsiya davrida nazorat qilinayotgan yuklagichlarni qayta tiklash davomiyligi 1,2 sutkani tashkil etadi, uning tugashidan so’ng u 3-5 martaga oshdi va murakkab yig’ma birikmalar buzilishi alohida holatlarda oylarda sanab o’tilgan. Bunday davomli turib qolishlarni yangi va ta’mirlangan yig’ma birikmalar va agregatlar asosida agregat usulida ta’mirlash bilan kamaytirish mumkin. Nazoratdagi yuklagichlar uchun buzilishga mashinalarni ishlashini limitlovchi yig’ma birikmalar, agregatlar va tizimlar sifatida butunlayin gidrouzatma, transmissiya, elektr jihozlari, dvigatel, boshqarish tizimi va ishchi jihozlarni ajratib olish mumkin.