O`QUV JARAYONLARINI LOYIHALASHTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  M. Alinazarova, M. Majidova (Наманган, Узбекистан) |    Завантажити статтю

Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov alohida ta`kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimizqanday tarbiya topishiga, qanday ma`naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oily maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutushimiz kerak. Shu sababli ham birinchi navbatda ta`lim mazmunini va uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko`nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarini ham kiritish g`oyasi kun tartibiga ko`ndalang qilib qo`yildi.