XALQ OG’ZAKI IJODI VA UNING TA’LIM – TARBIYA SOHASIGA TA’SIRI

  Xurshida Olimova, Nigora Mahmudova (Karshi, Uzbekistan) |    Завантажити статтю

O’zbekiston Respublikasi hududida tahsil oladigan o’quvchilar va talabalar odatda uch til o’rganadilar. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi:ona tili, rus tili va chet tili. Ma’lumki til kishilarning bir-birlarini yaqindan bilishlari, hurmat ezozlashlari, do’stlashishlarida tengi yo’q omil, bebaho vositadir. Zamonaviy pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologitalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart – sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: Respublikamiz hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o’rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi.