Nutq jarayoni va munosabatning turli holatlarida undalma birliklarining ishlatilishi muhim o’rin tutadi. Bir tomondan nutqda ko’p miqdordagi leksemalar mavjud bo’lib, ular yordamida so’zlovchi tomonidan boshqalarga nisbatan murojaat turlari undalma orqali amalga oshiriladi. Fors tilida ham boshqa tillardagi singari, odamlarning ismlari turli ko’rinishlarda, taxallus va laqablar, nasl-nasab, ijtimoiy mavqe va hokazolar murojaat birligi sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan, suhbatdosh bilan aloqani davom ettirish jarayonida undalma omili muhim hisoblanadi, zero biror ma’lumotni yetkazish, so’rash, biror harakatni talqin etish uchun aynan undalma orqali murojaat etish lozim bo’ladi. Uchinchidan, tinglovchiga murojaat etish paytida uning yoshi, jinsi, mavqeyi, roli, uning jamiyatdagi psixologik va shaxsiy munosabatlari nazarga olinadi. Masalan, fors tilida bu tarzda murojaat qininadi:
FORS TILIDA MUROJAAT UNSURLARINING KOMMUNIKATIV BIRLIK VA MUNOSABAT VOSITASI SIFATIDA ISHLATILISHI
A. VOHIDOV, F. SHUKUROV (Samarqand, O’zbekiston) | Завантажити статтю