Insonni sog’ligiga, fiziologiyasiga, hulqiga bo’lgan stress ta’sirlarini misollardan ko’p keltirish mumkin. Bu ta’sirlarni hammasi ozmi, ko’pmi stress bilan bog’liqligi bor. Masalan, odamni hulqiga ta’sir etuvchi omil chekish, ichish, ko’p ta’sirchanlik, jahldorlik, achchig’i tezlik va hakazo. Odamni ish qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar bu garanglik, ishdagi kelishmovchilik, ishni unumdorsizligi, diqqatni tez-tez bo’linishi va hakoza. Stress so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, “stress” kuchlanish, bosim, tanglik ma’nolarini beradi. U dastlab fizikada qo’llanilgan bo’lib, tirik organizmga nisbatan ishlatilishi qayd qilinganidek Gans Selye tadqiqotlari bilan bog’liq. Har qanday tashqi yoki ichki ta’sirot, agar uning kuchi yetarli bo’lsa, stress holatiga olib kelishi mumkin.
INSONLARDA STRESS VA UNING PROFILAKTIKASI
Аслиддин Усмонов (Самарканд, Узбекистан) | Завантажити статтю