FORS TILIDAGI QO’SHMA FE’LLAR MISOLIDA ARABIZMLARNING FUNKSIYALASHTIRILISHI

  A. Vahidov, F. Shukurov (Samarqand, O’zbekiston) |    Завантажити статтю

Fors tilida o’zlashtirilgan arabcha soz’lar funksional xarakterlariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 1) fors tilidagi leksik birliklari sifatida ishlatiladigan so’zlar, 2) fors tilida keng ishlatiladigan arabcha so’zlar, ya’ni faqat grammatik jihatidan ushbu tilning qonuniyatlariga moslashtirilgan so’zlar. Bu zikr qilingan ikki guruhdagi so’zlarni muayyan bir tildagi ma’naviy merosini tahlil etish natijasida bu mas’ala oydinlashadi. Masalan, agar birinchi guruhdagi so’zlarni ajratib, arab tilidan boshqa tilga kirgan deb hisoblasak, ikkinchi guruhdagi so’zlarni bu turga mansub deb bo’lmaydi, Ma’lum bir tilning ma’naviy merosidagi o’zlashtirilgan so’zlarni tahlil etish natijasida, o’zlashtirilgan so’zlarni arabizmlar deb nomlanishdan ko’ra o’zlashtirilgan so’zlar tushunchasi kengroq ma’noda ishlatilishi mumkin, zero ushbu faqat grammatik jihatidan ushbu tilning qonuniyatlariga moslashtirilgan so’zlar birinchi guruhning, ya’ni leksik birliklari sifatida ishlatiladigan so’zlarning bir bo’lagi hisoblanadi.