Biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida ko‘p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hollarda ko‘pchilik ma’naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq va lo‘nda javob berishga qiynaladi. Men bunday holatga o‘z shaxsiy tajribamda ko‘p bor guvoh bo‘lganman. Mas’ul rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda o‘tkaziladigan suhbat jarayonida ularning professional malakasi, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi, insoniy fazilatlari bilan bir qatorda ma’naviy saviyasiga ham alohida e’tibor qarataman. Va ko‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga to‘g‘ri keladi.
MA’NAVIYAT - INSONNING ULG‘AYISH VA KUCH-QUDRAT MANBAIDIR
Dilafro‘z Muminova (Namangan, O'zbekiston) | Завантажити статтю