Biz yashab turgan dunyoda ham qator global muammolar mavjud bo‘lib, ulardan biri energiya muammosidir. Dunyoning global muammolari, xuddi shu dunyoda yashab kelayotgan jonivorlardek, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Keyingi 20-30 yilda insoniyat oldida gavdalangan mahsulot (eng avvalo oziq-ovqat) va energiya yetishmasligi, hamda ekologik muammolar, texnologiyalarni ekologik xavfsizligiga bo‘lgan talablarni oshib borishi, energiya manbalari va energiya tashuvchilarning yangi va samarali usullarini yaratishni, zamonamizning eng dolzarb muammolari safiga ko‘tarib qo‘ydi. Bu esa, biotexnologiyani yangi bo‘limlari: – bioenergetika va metallarni biogeotexnologiyasi sohalarini jadal rivojlanishiga olib keldi.
CHO`L O`SIMLIKLARI BIOMASSASINING ENERGETIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHDAGI AHAMIYATI
Begali Alikulov, Latifjon Sattorov, Javlon Narziyev (Samarqand , O`zbekiston) | Завантажити статтю