PEDAGOG SHAXSIDA PEDAGOGIK FAOLIYAT USLUBINING SHAKLLANGANLIGI О‘QUVCHI SHAXSIGA TA’SIR KО‘RSATISHNING MUHIM SHARTI

  N.I.Xalilova, Sh.Saboxiddinova (Toshkent, О‘zbekiston) |    Завантажити статтю

O‘qituvchining pedagogik faoliyati bir qancha jixatlari bilan farqlanadi. Pedagogik faoliyat uslubida, albatta, markaziy o‘rinni o‘qituvchining o‘quvchilarga nisbatan namoyon etayotgan professional va shaxsiy munosabati egallaydi. Darhaqiqat o‘z faoliyatida o‘quvchilarga topshiriqlarni berishda, ularni tekshirishda, o‘quvchi faolligini va o‘z-o‘zidan fanlarni o‘zlashtirishini oshirishda o‘qituvchining qanday usullarga ixtiyor berishi va uning individual faoliyat uslubidagi qandaydir yondashuvlarning ustunligini belgilab beruvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi.