Bugungi kunga kelib mamlakatimiz butun jahonda tobora o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda. Bunda amalga oshirilayotgan turli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning roli katta ekanligi ko’zga tashlanmoqda. O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga o'tishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanlab oldi va uni jamiyatda bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan yaratilgan “o’zbek modeli” mamlakatimizning taraqqiyotiga va milliy iqtisodiyotimizning jadal odimlashiga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning hozirgi davrida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bir qancha omillar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu o’rinda mavjud soliq tizimi va davlatning yurgizayotgan soliq siyosati ham muhim ahamiyatga egadir.
O’ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMINING RIVOJLANISH JARAYONLARI
A.T. Kenjaboyev, Sardor Omonov (Toshkent, O'zbekiston) | Завантажити статтю