O'ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMIDAGI KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISHI

  Muqaddas Jumaniyozova, Shamshod Yuldoshov (Toshkent, O'zbekiston) |    Завантажити статтю

Hayotimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni ortib borayotgani zarur axborotlardan tezkor xabardor bo‘lish, turli interaktiv xizmatlardan foydalanish imkonini bermoqda. Soliq tizimining moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanayotgani zamonaviy va ilg‘or komputer texnologiyalaridan unumli foydalanish imkonini bermoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2012-yil 30-oktabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari soliq tizimida muhim ahamiyat kasb etayapti.