BOSHLANG’ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI SOG’LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISH YO’LLAR

  R.A. Qosimova (Samarqand, O’zbekiston)  |    Завантажити статтю

Uzluksiz ta’lim jarayonida jismoniy tarbiya mustaqil sohalardan hisoblanadi. bu borada umumta’lim maktablarining boshlang’ich (I-IV) sinflardagi jismoniy tarbiyani o’qitish muhim ahamiyatga ega. Yosh bolalarning o’z erki va mustaqil ravishda turli xil amaliy harakatlar bilan shug’ullanishi natijasida «Jismoniy tarbiya» darslarida egallagan ko’nikmalarini davom ettirib, ularni yaxshi o’zlashtirib va eng muhimi esa jismoniy tayyorgarlik darajalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu jarayonlar sinfdan va darsdan tashqari tashkil etiladigan hamda oila sharoitidagi mustaqil jismoniy tarbiya tadbirlarida amalga oshiriladi. Ularni quyidagi shakl va mazmunlarda qisqacha ifodalash mumkin.