TORTINCHOQLIK KASALLIKMI, YOKI RUHIY SIQILISHMI?

  Xursanqul Tursunmurodov, Nasiba Xusanova (Samarqand, O'zbekiston)  |    Завантажити статтю

O'zbek millatiga xos bo'lgan eng noyob milliy xarakter xususiyatlaridan ayrimlari hayolilik, ibolilik, andishalilik kabilardir. Bu fazilatlar o'zbeklardagi islom ma'naviyati ta'sirida shakllangan kattalarga hurmat, ota-ona, qarindosh-urug'lar hurmatini bajo keltirish, ko'cha-kuyda, mehribonchilikda, odamlar orasida odob saqlash kabi milliy xulq sifatlarining asosi ham hisoblanadi. Bu fazilatlarning teskarisi salbiy ko'rinishlarda ham mavjud bo'lib, ular odobsizlik, andishasizlik, behayolik, beibolik ko'rinishida namoyon bo'ladi. Yuqorida sanab o'tilgan o'zbek milliy fazilatlari hayolilik, ibolilik, andishalilik darhaqiqat insoniy fazilatlar sanaladi, shuningdek. andishasizlik, odobsizlik, behayolik, beibolik darhaqiqat eng yaramas xususiyatlardan sanaladi va jamiyat tomonidan tarbiya nuqtai nazaridan qoralanadi.