AYOL MA’NAVIYATI

  Mastona Yuldasheva (Namangan, O’zbekiston) |    Завантажити статтю

Bugun jamiyatimizning har bir jabxasida, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal etish mushkul. “Ayol” so’zining ma’nosiga bir e’tibor beraylik. Arabcha “ayol” so’zi - “oila” kalimasi bilan o’zakdosh. Xalqimiz bekorga ayollarimizni “uy bekasi”, “xonadon farishtasi” deb ulug’lamaydi. Hech e’tibor berganmisiz, insonlar har bir so’zni gapirganlarida lablari bir-biriga tegarkan. Lekin ayol so’zini ishlatganimizda lablarimiz bir-biriga tegmas ekan.Qarang “ayol” so’zini xatto lablarimiz ham erkalab aytarkan.