O’QUVCHILARGA HUQUQIY TARBIYA BERISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

  M.B.Qodirova (O`zbekiston, Namangan) |    Завантажити статтю

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barchasi inson va uning manfaatlari uchun yo’naltirilganligi nafaqat qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, balki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ekan­ligi barchamizga ma`lum. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “...biz sog’lom avlodni tarbiyalab vo­yaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlik emas, balki, sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonlarni tushunamiz. Oliy Majlis bu bora­da davr talablariga javob beradigan, eng qulay, ilg’or tajribalarga tayangan va uzviy bog’liq bo’lgan qator qonunlar qabul qilish kerak”1.