“SPORTDA TEZKORLIK VA ANIQLIK TUSHUNCHALARI”

  Shaxnoza Nurmatova (Samarqand, O’zbekiston) |    Скачать статью

Tezkorlik va aniqlik tushunchalari inson hayoti, va boshqa jarayonlarda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ushbu qobiliyatlar bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lib, sport amaliyotida hal qiluvchi omillar tarkibiga kiradi. Ularni bir-biriga bog`liqligi shu bilan asoslanadiki, odatda harakat tezligi oshirilsa, aniqlik susayadi. Agar harakat sekin va qarshiliksiz ijro etilsa, aniqlik yuqori bo`lishi mumkin. Ko`plab mutahasis olimlarning fikriga ko`ra harakatni tezkor ijro etishda yuksak aniqlikni saqlab qolish qobiliyati erta yoshlikdan boshlab shakllantirilib borilsagina, oqibat foydali natija bilan ifodalanishi mumkin ekan. Zamonaviy sport o`yinlarida ijro etiladigan texnik – taktik harakatlar, tezkorlik va aniqlik qobiliyati bilan belgilanadi.Lekin, texnik – taktik harakatlar o`ta tezkor ijro etilsada, ammo ularda aniqlik bo`lmasa, bunday tezkorlik o`z mohiyatini yo`qotadi. Isbot qilinganki, texnik – taktik harakatlar tezligi qanchalik yuksak bo`lsa, ularning aniqligi shunchalik tushib borar ekan.Sport keskin o`zgaruvchan vaziyatlarga boy mofaqiyat bilan yakunlangan natija aniqlik va aniq harakatdan dalolat beradi. Tezkorlik kabi aniqlik aham sportda muhim ahamiyatga ega agar sportchi bajarayotgan harakatida, o`rganayotgan mashqlarida, aniqlik bo`lmasa bajargan harakati natijasiz, o`rgangan mashqlari noaniq bo`lib qoladi. Sport bu aniq maqsad aniq natija sari harakatlanish faoliyat turi hisoblanadi.