BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING ONA TILI DARSLARINI KOMPYUTERDA TASHKIL ETISH USULLARI

  Salohiddin Rаxmonov, Shahriyor Jo’rayev (Samarkand, Uzbekistan) |    Скачать статью

Mustaqillik tufayli barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya tizimida ham jiddiy o’zgaishlar bo’lmoqda. Umumiy o’rta, o’rta maxsus hamda oli ta’limning davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi fanlardan biri bo’lgan “Ona tili” fani asosit ta’lim turi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish bilan birga ijodiy tafakkur sohiblarini, kelajagimiz bo’lgan yoshlarni har tomonlama yetuk komil inson sifatida tarbiyalashdir. Bu masala “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda ham batafsil yoritilgan. Prezidentimiz XXI asrni axborot texnologiyalari asri deb nomlagani barchaizga ma’lum. Dastlab yuqori tashkilotlarda xujjatlar uchun xizmat qilgan kompyuter keying yillada katta-yu kichiklarning ermagiga aylanib qolganki, undan o’rinli, o’rinsiz turli ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida fydalanilmoqda, lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy masallarni hal qilishda, ish yuritish hujjatlarini tayyorlashda ushbu texnikaning o’rni nihoyatda muhimdir.