BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH

  Yaxshigul Jumayeva (Samarkand, Uzbekistan) |    Скачать статью

Pedagogik texnoliogiyalar shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida o’qituvchi faoliyati faollashadi, talaba yoshlarda, bilimga chanqoqlik, insonparvarlik tuyg’ulari shakllanadi. Shuningdek ta’limni texnologiyalashtirish asosida o’quvchilarda tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishda asosiy omillaridan biridir. Umuman “Texnologiya” tushunchasi yunoncha so’z bo’lib, ikki so’zdan iborat. Birinchisi “Texnos” –san’at, hunar ikkinchisi bu “logos” – fan so’zlaridan tashkil topgan. Ya’ni, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Lekin bu ifodalash zamonaviy texnologik jarayonni to’liq harakterlab beriladi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalardan, sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Pedagogik texnologiya bu o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Metodikaning texnalogiyadan farqi shundaki, metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkaqiz bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya esa o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan majmua yig’indisidir.