O’SIMLIKLAR BIOMASSA QOLDIQLARIDAN CHIQAYOTGAN BIOETANOL MIQDORINING TANLANGAN XOMASHYO MANBALARI XILIGA BOG`LIQLIGI

  H.Sattorova, B.Aliqulov, M.Safin (SamDU, Samarqand, O`zbekiston) |    Скачать статью

Bioetanol karbonat angidrid va suvning mikroorganizm faoliyati natijasida yonishidan hosil bo`ladigan ekologik toza mahsulot bo`lib, u hozirgi kunda dunyodagi ko`pchilik davlatlarda insonlar ehtiyoji uchun zarur bo`lgan xomashyolar (jumladan, donli ekinlar) dan olinmoqda. www.ethanol.org saytining ma`lumotlariga ko`ra, hozirda har yili butun dunyo mamlakatlarida tarkibida sellyuloza saqlovchi va insonlar ehtiyoji uchun umuman sarflanmaydigan 200 mlrd tonna quruq hisobda o`simliklarning chiqindilari hosil bo`ladi. Tarkibida sellyuloza tutuvchi ushbu organik chiqindilarni biotexnologik usullar yordamida qayta ishlab energiya manbayi hisoblangan etanol ajratib olish imkoniyati mavjud. Bioetanol toza holatda 10-20 % benzinga qo’shilgan holatda ishlatiladi. 1983-yilda Braziliyada 75 % avtomobillar 95 % li etanol yordamida ishlaganligi aniqlangan. AQShda har yili avtomobillarning yoqilg’iga bo’lgan ehtiyojining 10 % bioetanol yordamida qoplanadi. Hozirgi kunda ushbu texnologiya G’arbiy Yevropada keng yo’lga qo’yilmoqda [1, 3, 7].