SAMARQAND VILOYATIDAGI SANOAT CHIQINDILARI VA TURLI HUDUDLARIDA TARQALGAN TUPROQLARI MIKROELEMENTLAR TARKIBINING QIYOSIY TAHLILI (Urgut tumani misolida)

  Murodilla Quchqarov, Zarifa Saidmurodova, Asatullo Rajabov (SamDU, Samarqand , O`zbekiston) |    Скачать статью

Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga ko’ra oldini olib bo’lmaslik darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur. Buning uchun turli soha mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitni shikastlamaslik choralari ko’rmoqlari kerak [2].