BUGUNGI KUN NEMIS ADABIYOTI

  Hafiza Qo’chqorova, Furqat Soatov (Tashkent, Uzbekistan) |    Скачать статью

Nemis tili va ma’daniyati, umuman olganda nemis adabiyoti haqida so’z ketsa, Haynrih Hayne, Fridrix Schiller, Yohann Volfgang Gyote, Lessing kabi shoir va adiblar kishi xotirasida namoyon bo’lishi tabiiy, albatta. Boisi bu kabi nemis mumtoz adabiyoti vakillari ijodi nafaqat pur ma’noligi, gumanitar, insonparvarligi, mehr-muhabbatga limmo-lim ekani, tabiat latofatining kuylanishi, o’z davrining ilg’or kishilari bo’lganliklari ularni to bugungi kunga qadar nafaqat nemis adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham o’chmas iz qoldirgan va ularning asarlari jahon mumtoz adabiyoti durdonalariga aylangan.