Murakkab fizik jarayon- vertikal kuch ta’siri ostida gorizontal balka qabul qiladigan shaklni o’rganib chiqish uchun sodda chegaraviy masalaning qo’llanilishiga misol ko’ramiz. 1-rasmda tasvirlangan o’zgarmas kesimli bir jinsli materialdan yasalgan gorizontal balkani o’rganib chiqamiz. Agar u faqatgina uchlarga tiralgan bo’lsa, u holda o’zining og’irligi hisobiga ko’ndalang simmetriya o’qi bukiladi (1-rasmda u uziq chiziqlar bilan ifodalangan). Maqsadimiz- y=y(x) egri chiziqning, ya’ni balkaning bukilish egri chizig’ini o’rganib chiqishdir. Buning uchun 2-rasmda ko’rsatilganidek, koordinatalar sistemasini kiritamiz. y o’q pastga yo’nalgan.
BIR JINSLI BALKANING BUKILISHINI CHEGARAVIY SHARTLI MASALANI MATEMATIK MODELINI QURISH
I. Xurramov (Karshi, Uzbekistan) | Скачать статью