NEMIS VA O’ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLARNING O’ZIGA XOSLIKLARI

  Nigora Mahmudova, Мunira Niyozova (Karshi, Uzbekiston) |    Скачать статью

Fikr turlicha ifodalanadi. Fikr sodda yoki qo’shma gaplar orqali, darak, so’roq, buyruq, undov gaplar, ikki sostavli yoki bir sostavli gaplar, to’liq yoki to’liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga, ma’lum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi. Gapning asosiy belgilari – unda nisbiy fikr tugalligi va predikativlikning mavjud bo’lishi, Grammatik jihatdan ma’lum qonun-qoidalar asosida shakllanishi, o’ziga xos intonatsiyaga ega bo’lishidir. Gapning bu xususiyatlari garchi ko’pchilik tillar uchun umumiy bo’lsa-da, bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi, ularning ahamiyati va o’rni turlichadir.