IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O’QITISHNING IMKONIYATLARI

  Islomiddin Raximov (O`zbekiston) |    Скачать статью

Zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga mo`ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo`nalish ola bilish mahoratiga ega bo`lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, barcha sohalarda bo’lgani kabi, bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida ham chuqur islohotlar va o’zgarishlar sodir bo’ldi.