SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI

  Dilafro‘z Muminova (Namangan, O'zbekiston) |    Скачать статью

Boshlang‘ich sinflarda tovush, harf haqida “tovushni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni ko‘ramiz, o‘qiymiz va yozamiz” degan tushuncha berish kifoya qiladi. O‘quvchilar dastlabki mashqlar davomida tovush va harfni farqlashga qiynaladilar. Uzluksiz mashqlar natijasida tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Grammatik tushunchalar 1-sinfdan boshlab qoida tarzida emas, balki amaliy ishlar, mashqlar asosida tushuntirib boriladi. O‘quvchilarga to‘g‘ri yozishga doir maxsus qoidalar o‘rgatilmaydi. Ular so‘zlarni kuzatish, tahlil qilish va tovush-harf tarkibini o‘rganish orqali to‘g‘ri yozish malakalarini egallab boradilar. 1-bosqichda nutq o‘stirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Bu bosqichda so‘z ustida ishlash muhim o‘rin tutadi.