O’ZBEK VA INGLIZ TILLARI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING ASOSIY STRUKTURAVIY-GRAMMATIK BELGILARI

  O. Umarova, Sh. Farxodova (Samarqand, O’zbekiston) |    Скачать статью

Qadim zamonlardan til masalasi ulamolarning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelmoqda. Qadimgi davr falsafasida, xususan Platon, Sokrat, Aristotel kabi Yunonistonning buyuk filosoflari asarlarida til to’g’risida maxsus qarashlar mavjud. Aristotel o’zining mantiq to’g’risidagi ta’limotini yaratganida til, xususan muomalada bo’lgan til masalasiga asoslanib uning qonunlarini ochib beradi.