О`QITISH JARAYONIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA FANLARARO ALOQADORLIKNI TA`MINLASH

  Gulchehra Karimova (Namangan, O'zbekiston) |    Скачать статью

Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog`lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog`lanish, ya`ni uzviylikni ta`minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta`minlangan holda, darsni tashkil qila olgan o`qituvchi o`quvchilarda o`zining faniga bo`lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o`zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o`quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. Shu bilan bir qatorda, o`quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. O`quv materialini mavzular bo`yicha tahlil etish yo`li bilan turli o`quv predmetlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniqlansa, tarkibiy tahlil etish orqali o`quv materialini tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o`rnatiladi. Fanlararo aloqadorlikning qanday shaklda qayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlariga bog`liq.