MUSTAQILLIK PSIXOLOGIYANING FANINING О‘RGANISH SOHASI SIFATIDA

  N.I.Xalilova, A. Kuchkarova (Toshkent, O‘zbekiston) |    Скачать статью

Ta’kidlash joizki, shaxs kamoloti о‘z-о‘zidan rо‘y berib qolmasdan balki о‘ziga xos tarixiy taraqqiyotni boshdan kechiradi. Shu nuqtai nazardan olganda shaxsda mustaqillikning shaklanishini psixologik mexanizmlarini tadqiq qilish muammoning dolzarbligini belgilab beradi. Shaxs mustaqilligi va mustaqillik sifati muammolari zamonaviy psixologiyaning alohida tadqiqot ob’ektidir. Xususan, shaxs mustaqilligi muammosi neofreydizm yo‘nalishining yorqin namoyondasi E.Fromm ijodida markaziy o‘rnni egallaydi. O‘rta asrdan boshlab to hozirgi zamongacha bo‘lgan tarixni tahlil qilib, E.Fromm insonning erkinlik va tobelik hissi o‘rtasidagi qarma-qarshilikni aniqlashga intiladi. Uning fikricha, insonda erkinlikning ko‘payishi yotlik, yolg‘izlik, gumon va xavotirlik hislarining oshishiga olib keladi. E.Fromm shaxsiy tashabbuskorlik va jasurlik bilan bog‘liq bo‘lgan ishonch hissi o‘rnini umidsizlik hissidan qutulish yo‘llarini qidirish, egallash oqibatida inson erkinlikdan qochishga harakat qiladi, deb hisoblaydi.