O’ZBEKİSTONDA TARQALGAN BEGONA O’TLARGA QARSHİ KURASH CHORALARİ

  Ислам Арепбаев, Отабек Самандаров, Ҳамдам Турсунбоев (Нукус, Каракалпакстан) |    Скачать статью

Bizga ma’lumki O’zbekiston territoriyasida begona o’tlarning 450 ga yaqin turi tarqalgan. Lekin eng ko’p tarqalgan va ekinlar uchun nihoyatda xavfli bo’lganlari 100-150 turdan oshmaydi. Qishloq хo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishning muhim shartlaridan biri begona o’tlarga qarshi kurashni to’g`ri tashkil qilish va uni o’z vaqtida muvaffaqiyatli o’tkazishdan iborotdir. Begona o’tlar barcha qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi, sifatini yomonlashtiradi, dala ishlarini bajarishni qiyinlashtiradi hamda ularga qarshi kurashda ortiqcha mehnat va qo’shimcha mablag` sarf qilishga to’g`ri keladi. Ekin maydonlarini ajriq, g`umay kabi begona o’t bosishi tufayli erga ishlov berish og`irlashadi, oqsho’ra, ituzum, machin kabilarning g`oza maydonlarida o’sishi esa paxtani yig’ib – terib olishni qiyinlashtiradi.