ONA TILI VA HUSNIXAT DARSLARI SIFATINI OSHIRISHDA AKTNING O`RNI

  Dilafro’z Muminova (O'zbekiston)  |    Скачать статью

"Har qanday mamlakatning kuchi uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Salohiyatga esa turli yo‘llar bilan erishish mumkin" – deydi Prezidentimiz I.A.Karimov. O`zbekistonda ushbu yo`nalishda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi va salmoqli natijalarga erishildi: bugungi kunda aholi faol qismining yarmidan ko`pi, ya’ni davlat muassasalari, universitetlar, kollej va liseylar, maktablar, biznes, ilm-fan, madaniyat, sog`liqni saqlash va boshqa sohalarda AKTdan samarali foydalanilmoqda. Barcha joylarda eng yangi AKT joriy etilmoqda, Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda, uyali aloqa kompaniyalari abonentlari ham ko`paymoqda. O`qitishning ko`rsatmali mеtodlari – o`quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini bеradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol formasidir, bunday o`qitishdan kеng foydalaniladi. Atrof – borliqdagi narsa va hodisalar, ularning turli – tuman modеllari, (har xil tipdagi ko`rsatma - qo`llanmalar) kuzatish ob'еktlari hisoblanadi.