XXI ASR INTELLEКTUAL AVLOD ASRI

  Mashhura Mamatova, Muhayyo Ashurbayeva (Guliston davlat universiteti) |    Скачать статью

Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g’oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday ta’sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog’liq. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko’pini tashkil etadi. Shuningdek yoshlarning milliy g’oyani anglashi, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog’liq bo’ladi. Chunki milliy g’oya bir tomondan, yoshlarni o’zining obyekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga yetkazuvchilari hisoblanadilar.