BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILYATINI O’STIRISHDA MATEMATIK MASALALARNING O’RNI

  A. T. Toshxonov (Namangan O’zbekiston)  |    Скачать статью

Matematika – aql gimnastikasi. Darhaqiqat, inson tafakkuri nihoyatta kuchli bo’lib, bu kuchning beqiyosligi uni yoshligidan boshlab bilimlarni qanday o’zlashtirishiga bog’liqdir. Matematik masalalarni bajarish boshlang’ich sinf o’quvchilarining fikrlash qobilyatini o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki matematik masalalardan foydalanish o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qiladi. Masala yechish jarayonida o’quvchilar ongini o’stiruvchi fikrlar bilan tanishadilar. Ushbu jarayonda o’quvchilar, avvalo, masalaning shartini eshitadilar, tahlil qiladilar, tasvvur hosil qiladilar va yakuniy hulosaga keladilar. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilariga taqdim qilinayotgan har bir masalada bolaning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga va albatta, qay darajada qobilyatli ekanligiga e’tibor berish katta ahamiyatga ega. Agar e’tibor beradigan bo’lsak, ayrim o’quvchilar tabiiy qobilyatga ega bo’ladilar, ayrimlarida esa bunday qobilyat bo’lmaydi. Shularni hisobga olgan holda masalalar yechish o’quvchilarning fiklash qobilyatini yanada o’stiradi.