BOSHLANG`ICH SINFLARDA MEHNAT DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

  D. Muminova (Namangan, O`zbekiston) |    Скачать статью

Mehnat darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi bu ularning o`rganilayotgan ob’yekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, darsdan darsga yanada ham aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog`oz turlarini aniqlash, qog`ozning ko`pgina vazifasiga ega bo`lgan material sifatida umumiy xususiyatlarini hamda qo`llanish va foydalanishning cheksiz miqdordagi shartlarini ta’riflash vazifasini qo`yadi.