SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MEHNAT TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI

  Dilmurod Nosirov (Ozbekiston, Qo`qon DPI)  |    Скачать статью

Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunaro'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.