BO`LAJAK O`QITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHDA TA`LIM JARAYONINING QONUNUNIYATLARI

  M.M. Qambarov (Namangan, O`zbekiston) |    Скачать статью

Innovatsiya – ma’lum bir faoliyatda shakl, metodlar, muammolarni yechishdagi yangicha yondashuv, yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash orqali yuqori natijalarni ta’minlash; bir so’z bilan aytganda, jarayonga kontseptual yondashuvdir. Innovatsion faoliyat esa yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy mavjud me’yorlar bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muoammolarni yechishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Didaktika - pedagogikaning mustaqil tarmog'i. Unda ta'lim-tarbiya nazariyasi, ya'ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug'ullaniladi. Didaktika pedagogikada ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o'rganuvchi qismdir.