MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEK XALQINING MA'NAVIY QIYOFASIDAGI O‘ZGARISHLAR VA ULARNING DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDAGI AHAMIYATI

  Botirjon Mallabayev (Namangan, O’zbekiston) |    Скачать статью

Istiqlol o‘zbek xalqi ma'naviy dunyosida yangi o‘zgarishlarni boshladi. Yurtimizda milliy mustaqillikka erishilgach, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy sohalardagi juda katta o‘zgarishlar bilan birga mafkura sohasida ham tub burilishlar amalga oshirildi. O‘zbeklarning millat sifatida rivojlanish jarayoni O‘zbekiston mustaqillikka erishgan sanadan boshlab yangicha mazmun kasb etdi. Tarixiy tomirlaridan kuch olgan o‘zbek xalqi madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush-tarzi o‘ziga xos uyg‘onish va yangilanish pallasiga qadam qo‘ydi.