BIOTEXNOLOGIK USULLAR ASOSIDA SIFATLI POMIDOR YETISHTIRISH IMKONIYATLARI VA ISTIQBOLLARI

  M.Hayitova (Samarqand , O`zbekiston) |    Download article

Keyingi yillarda fan – texnika yutuqlaridan foydalanish asosida insoniyat oldida turgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy – tadqiqot ishlari kulami tobora kengayib bormoqda. Shu bilan bir qatorda unga mos tarzda yechimini kutayotgan muammolar ham ko’paymoqda. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish, o’simliklarni har xil noqulay omillar ta’siri ostida o’sib – rivojlanish xususiyatini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ularning yechimi sifatida biotexnologik usullardan foydalanib o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir kursatadigan biopreparatlar yaratishni ko’rsatishimiz mumkin. Respublikamiz sharoitida tomatdoshlar oilasi vakillaridan biri pomidor o’simligi keng miqiyosda yetishtiriladi. Pomidor ilk bor Amerika materigida kelib chiqqan. Keyinchalik ispanlar Amerikada mustamlakalar o’rnasha boshlaganidan so’ng butun dunyoga tarqalgan. Hozirgi kunda pomidorning juda ko’p navi dunyoning turli mamlakatlarida yetishtiriladi (1 jadval).