KASBIY KOMPETENTLIK TAShHISI KASBIY SHAKLLANIShNING MOHIYaTLI XARAKTERISTIKALARI

  Jahongir Mannonov (NamMPI, O’zbekiston) |    Download article

Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag’batlantirish muhim yo’nalish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o’qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg’a surganlar. O’z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi.